O‘zbekiston Badiiy akademiyasida Akademiya raisi Akmal Nuridinov hamda Gyote-Institutining O‘zbekistondagi direktori Barbara Anna Bernsmaier o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida Toshkentda Paula Moderson-Bekker va Worpswede badiiy birlashmasiga bag‘ishlangan ko‘rgazmani tashkil etish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va Gyote-Instituti o‘rtasidagi madaniy hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda kelgusidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.