close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun, 6-mart kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan akademiyaning anjumanlar zalida Badiiy akademiya tizim tashkilotlari va ta’lim muassasalarida uzoq yillardan beri soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan faol xotin-qizlar “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir Vazirlar Mahkamasining joriy yil 15-fevral – 15-mart kunlari “Ayollarni e’zozlash oyligini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida” 2026-yil 26-yanvardagi 2-sonli bayoni ijrosini ta'minlash maqsadida tashkil etildi.

Bugungi kunda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar tasviriy va amaliy san’at, badiiy ta’lim hamda madaniy-ma’rifiy yo‘nalishlarda samarali mehnat qilib kelmoqda. Ular rassom, pedagog, ilmiy xodim va tashkilotchi sifatida milliy san’at an’analarini asrab-avaylash, ularni zamon ruhiga mos ravishda rivojlantirish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va yangi ijodiy avlodni tarbiyalashda muhim o‘rin tutmoqda.

Tadbir davomida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi, O‘zbekiston xalq rassomi, akademik Akmal Nur so‘zga chiqib, akademiya tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xotin-qizlarni bahor, go‘zallik va nafosat ayyomi bilan samimiy muborakbod etdi. U o‘z nutqida ayollarning san’at va ta’lim sohasidagi samarali mehnati, ijodiy izlanishlari va jamiyat ma’naviy hayotidagi o‘rni alohida ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng san’at va ta’lim sohasida uzoq yillar davomida fidokorona mehnat qilib kelayotgan bir guruh rassom hamda o‘qituvchi-pedagog mutaxassislarga “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi fidoyisi” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.

Xulosa qilib aytganda, Badiiy akademiyada xizmat qilayotgan har bir xotin-qizning fidoyiligi, ijodiy sadoqati va mehr-shafqati milliy san’atimiz va madaniyatimizni yangi cho‘qqilarga ko‘tarib, yosh avlodni ilhomlantiradi, jamiyatimizga go‘zallik va nafosat ulashadi, har bir lahzani bayramga aylantiradi va qalblarda abadiy iz qoldiradi. Aynan shu ayollarimiz Badiiy akademiyaning yuragi, san’atimizning ilhomi va kelajagimizning yorqin yetakchilaridir.