O‘zbekiston Badiiy akademiyasida Akademiya raisi Akmal Nuridinov hamda Bolgariya Respublikasi vakili, “Bolgariya–O‘zbekiston” do‘stlik jamiyati raisi Toshko Krestye o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Bolgariyada o‘zbek rassomlari asarlaridan iborat ko‘rgazma tashkil etish masalasi, ushbu loyihani amalga oshirish imkoniyatlari va muddatlari muhokama qilindi. Shuningdek, madaniy almashinuvni rivojlantirish hamda tasviriy san’at sohasidagi ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashga alohida urg‘u berildi.
Tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini bildirdilar hamda qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish yuzasidan ishchi maslahatlashuvlarni davom ettirishga kelishib oldilar.