Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun, 17-fevral kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasida Direktorlar kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Badiiy akademiya raisi Akmal Nur olib bordi.

Dastlab tizimdagi tashkilot va ta’lim muassasalari rahbarlarining faoliyatga oid axboroti tinglandi, yechimini kutayotgan masalalarga eʼtibor qaratildi.

Ta’kidlanganidek, 2025-yilda ham O‘zbekiston tasviriy va amaliy sanʼatini keng targ'ib etish, yuksaltirishga xizmat qiladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, festival, biennale va anʼanaviy ko‘rgazmalar, boshqa yangi ijodiy loyihalar, sohada xalqaro aloqalarni yanada rivojlantirish, tizimdagi tashkilot hamda taʼlim muassasalari moddiy-texnik bazasi mustahkamlanishi borasida izchil ish olib boriladi.

Jumladan, shu  yil aprel oyining uchinchi o‘n kunligida  Badiiy akademiya tashabbusi bilan doimgidek qator vazirlik va idoralar hamkorligida respublikamiz bo‘ylab Xalqaro anʼanaviy Tasviriy va amaliy sanʼat festivali, yilning 2-yarmida V Toshkent xalqaro amaliy san'at biennalesini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Yig‘ilishda  ushbu xalqaro sanʼat haftaliklariga puxta tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar muhokama etildi, festival va biennale doirasida amalga oshiriladigan ijodiy loyihalar, ko‘rgazmalar yuzasidan fikr almashildi.