close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun, 25-dekabr kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasining “Anjumanlar” zalida san’at va badiiy ta’lim sohasida fidokorona faoliyat yuritayotgan ijodkorlar va xodimlarga davlat va milliy madaniyat taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi fidoyisi” ko‘krak nishoni, shuningdek, Akademiyaning “Kumush” va “Oltin” medallarini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur ochib berdi. U o‘z nutqida san’atning milliy ruhiy yuksalishdagi o‘rni va jamiyat hayotidagi muhim ahamiyatini ta’kidladi. Bugungi kunda san’at va badiiy ta’lim sohasida erishilgan yutuqlar nafaqat ijodkorlarning shaxsiy mehnati, balki butun xalqning ma’naviy salohiyatining ifodasi ekanini qayd etdi. Shuningdek, san’at sohasiga davlat siyosatida alohida e’tibor qaratilayotgani, milliy tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini alohida ta’kidladi.

Marosim yakunida mukofotlar sohiblariga nishon va medallar tantanali ravishda topshirildi. Bu tadbir san’at va madaniyat sohasida xizmat qilayotgan fidoyi ijodkorlarning mehnatini qadrlash, ularni yangi yutuqlarga ruhlantirish hamda jamiyatning madaniy hayotiga qo‘shgan ulkan hissalarini yuksak e’tirof etishning ramziy ifodasi bo‘ldi.

Soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan, fidokorona mehnati va ijodiy faoliyatdagi yutuqlari uchun quyidagi ijodkorlar va xodimlar O‘zbekiston Badiiy akademiyasining tegishli buyrug‘iga asosan mukofotlandilar:


“O‘zbekiston Badiiy akademiyasi fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan:

Abdullaeva Shahlo KurbanburievnaKamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, San’at tarixi va nazariyasi kafedrasi dotsenti (v.b.)

Skripin Aleksandr GennadevichRespublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati, “Musiqa” bo‘limi xor dirijyorlik o‘qituvchisi

Ismailova Gulnora NishanovnaBadiiy ko‘rgazmalar direksiyasi bosh buxgalteri

Sheyko Konstantin AleksandrovichIkuo Hirayama Xalqaro madaniyat karvonsaroyi muzeyi mudiri

Nazarova Sayyora UchkunovnaTasviriy san’at galereyasi san’atshunosi

Pulatova Aynisa AzatbekovnaO‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Ijodiy faoliyatni muvofiqlashtirish va badiiy loyihalar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i

Tuychieva Asya MixaylovnaO‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Xalqaro aloqalarni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i


O‘zbekiston Badiiy akademiyasining “Kumush” medali bilan:

Kadirova Dilafruz MuhsinovnaKamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, San’at tarixi va nazariyasi kafedrasi professori

Bobokulov Anvar NutfullaevichBadiiy ijodkorlar uyushmasi rangtasvir rassomi


O‘zbekiston Badiiy akademiyasining “Oltin” medali bilan:

Kodzayeva Lyudmila Xodji-MurzayevnaBadiiy ko‘rgazmalar direksiyasi ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari

Djuraeva Nasima SharafbaevnaO‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, san’atshunos

Izentaev Jarilkagan JollibaevichToshkent Fotosuratlar uyi direktori