close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-apreldagi "O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida"gi qarori ijrosini ta'minlash yuzasidan O'zbekiston Badiiy akademiyasida kompleks tashkiliy va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Mazkur qarorda belgilangan vazifalarga muvofiq, Akademiya ma'muriy binosi hamda uning atrofi Mustaqillikning 35 yilligiga bag'ishlangan yagona badiiy konsepsiya asosida bayramona bezatilib bormoqda. Ana shunday ishlarning navbatdagi bosqichi sifatida Akademiya binosi oldida Mustaqillikning 35 yilligiga bag'ishlangan maxsus banner o'rnatildi.

Banner dizaynida mamlakatimizning bugungi taraqqiyot bosqichi, bunyodkorlik va yangilanish jarayonlari badiiy talqinda aks ettirilgan. Unda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan "Yagona Vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" g'oyasi markaziy o'rin egallab, xalqimizning birdamligi, Vatanga sadoqati hamda umumiy maqsadlar yo'lidagi hamjihatligini ifodalovchi kompozitsion yechim o'z aksini topgan.

Bannerni o'rnatish ishlari belgilangan texnik va tashkiliy talablar asosida amalga oshirildi. Jarayonda Akademiyaning mas'ul bo'linmalari hamkorlikda ish olib borib, konstruksiyani xavfsiz va sifatli o'rnatish, tashqi ko'rinishning me'moriy muhit bilan uyg'unligini ta'minlash hamda hududning estetik qiyofasini yanada boyitishga alohida e'tibor qaratildi.