close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun, 23-iyun kuni, O‘zbekiston Badiiy akademiyasida akademiya tasarrufidagi ta’lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan rejali tekshiruv natijalari hamda badiiy ta’lim tizimida belgilangan vazifalar ijrosi masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma katta prokurori Farhod Temirov, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bosh ilmiy kotibi Feruza Abidjanova, markaziy apparat boshqarma va bo‘limlari rahbarlari, shuningdek, tizimdagi ixtisoslashtirilgan san’at maktablari hamda maktab-internatlar direktorlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida Farhod Temirov tomonidan Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy ta’lim yo‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazida o‘tkazilgan rejali tekshiruv natijalari yuzasidan ma’lumot berildi.

Ta’kidlanganidek, tekshiruv davomida amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda xato va kamchiliklar ham aniqlangan. Ular yuzasidan qonunchilik talablariga rioya etish, ijro intizomini mustahkamlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.

Shuningdek, Feruza Abidjanova so‘zga chiqib, tekshiruv davomida qayd etilgan masalalar yuzasidan tizimli ishlarni kuchaytirish, qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash, mas’uliyat va ijro intizomini mustahkamlash zarurligini ta’kidladi. Shu bilan birga, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida bunday holatlarning oldini olish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Yig‘ilish yakunida badiiy ta’lim tizimida qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etish, faoliyat samaradorligini oshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda tashkiliy va amaliy ishlarni kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.