close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

O‘zbekiston Badiiy akademiyasida 8-Mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi

Bahor nafasi, go‘zallik va nafosat fasli bilan kirib keladigan 8-Mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bugun O‘zbekiston Badiiy akademiyasida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda jamoada faoliyat yuritayotgan ayollarning mehnati, matonati va jamoa hayotidagi o‘rni e’tirof etilib, ularga chuqur hurmat va ehtirom bildirildi.

Tadbirda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi, O‘zbekiston xalq rassomi, akademik Akmal Nur so‘zga chiqib, akademiyada faoliyat yuritayotgan barcha xotin-qizlarni bahor, go‘zallik va mehr-muhabbat ayyomi bilan samimiy qutladi. U o‘z nutqida ayollarning nafaqat oila va jamiyatda, balki san’at va madaniyat rivojida ham muhim o‘rin tutishini, ularning fidokorona mehnati va ijodiy salohiyati yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa bo‘lib qo‘shilayotganini alohida ta’kidladi.

Bayram tadbiri davomida jamoa a’zolari tomonidan she’riy chiqishlar, musiqiy kuy-qo‘shiqlar yangrab, ayollarga ezgu tilaklar bildirildi. Samimiy tabriklar va ko‘tarinki kayfiyatga boy bo‘lgan tadbir barchaga unutilmas bayramona lahzalarni ulashdi.