close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun, 28 yanvar kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tashkil etilganining 29 yilligi munosabati bilan Akademiyaning Anjumanlar zalida soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh faollarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga asosan 1997 yil 23 yanvarda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tashkil etilgan. Qariyb 30 yildan buyon mazkur ijodiy tuzilma mamlakatimiz hududida qadimdan shakllangan tasviriy va amaliy san’at maktablari hamda milliy an’analarni qayta tiklash va rivojlantirish yo‘lida samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

📝 Bugungi kunda Badiiy akademiya boshchiligida rassomlar, usta va hunarmandlar yurtimizda barpo etilayotgan inshootlar, muhtasham ma’rifiy maskanlar, muzeylar, shuningdek, madaniyat va san’at muassasalarining zamonaviy hamda betakror milliy qiyofasini yaratishda faol ishtirok etib kelmoqda.

❄️ Akademiya tomonidan muntazam tashkil etilayotgan ma’rifiy loyihalar, badiiy ko‘rgazmalar, tasviriy va amaliy san’at haftaliklari, xalqaro biyennalelar hamda ijodiy tanlovlar xalqimiz va jahon jamoatchiligini mamlakatimizda kechayotgan badiiy-ijodiy yangilanishlar, rassomlar va hunarmandlarning ijodiy izlanishlari bilan yaqindan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

🌍 Shuningdek, jahonning ko‘plab davlatlaridagi ijodiy tashkilotlar, nufuzli oliy ta’lim muassasalari, rassomlar, dizaynerlar va haykaltaroshlar bilan yo‘lga qo‘yilgan xalqaro hamkorlik aloqalari O‘zbekiston tasviriy san’atini dunyo miqyosida keng targ‘ib etish, ijodiy muloqotni rivojlantirishda yangi istiqbollarni ochib bermoqda.

🖼 Akademiya tomonidan har yili yuzlab ko‘rgazmalar, fotovernisajlar, ijodiy haftaliklar, tanlovlar, simpoziumlar hamda badiiy-ma’rifiy anjumanlar tashkil etib kelinmoqda. Bu esa mamlakatimiz tasviriy va amaliy san’at ustalarining doimiy ijodiy izlanishda ekanini yaqqol namoyon etadi.

🏅 Sana munosabati bilan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi tashkilot va ta’lim muassasalarida uzoq yillar davomida fidokorona mehnat qilib kelayotgan bir guruh rassom va soha vakillari Akademiya raisi Akmal Nuriddinov tomonidan “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi fidoyisi” ko‘krak nishoni hamda oltin medallar bilan taqdirlandilar.