close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Ushbu tadbir о‘zbek tasviriy san’atining asoschilaridan biri, ulug‘ rassom Aleksandr Nikolayevich Volkov tavalludining 140 yilligiga bag‘ishlandi va uning doirasida bir nechta tantanali voqealar tashkil etildi:

“Aleksandr Volkov. Anorli choyxona ustasi” («Aleksandr Volkov. Master „Granatovoy chayxani“») nomli yangi monografiya-albomning rasmiy taqdimoti о‘tkazildi.

Rassomning nabirasi Andrey Volkov bilan ijodiy uchrashuv bо‘lib о‘tdi.

Volkovlar sulolasi tomonidan О‘zbekiston Badiiy akademiyasiga Aleksandr Volkov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan turkum kitob va albomlar tuhfa (sovg‘a) sifatida topshirildi. Shuningdek, ulug‘ rassomning о‘g‘li, taniqli ijodkor va haykaltarosh Aleksandr Aleksandrovich Volkovni О‘zbekiston Badiiy akademiyasining Faxriy xorijiy a’zoligiga qabul qilish tantanali marosimi bо‘lib о‘tdi.

Ushbu albom va tadbir о‘zbek modernizmi hamda rangtasvir maktabi tarixini xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilishda katta ahamiyatga ega.