close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun, 23-dekabr kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Boshqaruv Kengashi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatining 2025-yil yakunlarini sarhisob qilish, shuningdek, tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn sohalarida 2026-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar va istiqbolli yo‘nalishlarni belgilab olish maqsadida tashkil etildi.

Boshqaruv Kengashi majlisi O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur raisligida o‘tkazildi. Majlisda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi a’zolari, Akademiya tizimidagi tashkilotlar va ta’lim muassasalari rahbarlari, institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdilar.

Kun tartibiga muvofiq, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 957-son qarori ijrosi doirasida Akademiya tomonidan 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil hisobot taqdim etildi. Shuningdek, 2026-yilda davlat buyurtmasi asosida yaratiladigan “Yangi O‘zbekiston manzaralari”, “Buyuk allomalar” va “Zamon qahramonlari” turkumidagi ijodiy asarlarni yaratish bo‘yicha mavzu va yo‘nalishlar ro‘yxatini tasdiqlash masalasi muhokama qilindi.

Majlis davomida O‘zbekiston Badiiy akademiyasining bosh ilmiy kotibi Feruza Abidjanova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-iyuldagi “Tasviriy va amaliy san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-212-son qarori ijrosi yuzasidan hisobot axboroti berildi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan majlis ishtirokchilari tomonidan asosli fikr-mulohazalar va amaliy takliflar bildirilib, ularni amalga oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Majlis doirasida O‘zbekiston Badiiy akademiyasining sohada samarali faoliyat olib borayotgan ijodkorlar va xodimlarini mukofotlash to‘g‘risidagi tegishli buyruqqa muvofiq “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi fidoyisi” ko‘krak nishoni, shuningdek, Akademiyaning “Oltin” va “Kumush” medallari bilan taqdirlanganlarga mukofotlarni tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi.

Majlis yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tizimini yanada takomillashtirish, tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn sohalarini rivojlantirish, badiiy ta’lim sifatini oshirish hamda sohani zamonaviy talablar asosida yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan aniq vazifalar, mexanizmlar va istiqbolli rejalar belgilab olindi.
 

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi mukofotlari bilan taqdirlanganlar

O‘zbekiston Badiiy akademiyasining sohada faoliyat olib borayotgan ijodkorlar va xodimlarning bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi tegishli buyrug‘iga muvofiq, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutidan quyidagi xodimlar “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar:

Akbarova Xolbuvi AskarovnaInstitut Kengashi kotibi
Qurbonova Dilafruz AbdirashidovnaIlmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor
Djurayev Xasan TurabayevichIjtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish bo‘yicha rektor maslahatchisi
Xaitov Eshmamat Xakberdiyevich“Dastgohli rangtasvir” kafedrasi mudiri
Maksumova Farida Abdurazakovna“San’at tarixi va nazariyasi” kafedrasi dotsenti
Tyurin Aleksandr Ivanovich“Mahobatli rangtasvir” kafedrasi dotsenti
Zokirova Sayyora Abdulxakovna“Ijtimoiy fanlar va informatika” kafedrasi mudiri
Basharova Laylo Kutlukovna“Miniatyura va kitob grafikasi” kafedrasi dotsenti
Kasimov Oybek SadikjanovichDizayn kafedrasi professori
Xodjayeva Umida Muratovna“Libos dizayni” kafedrasi dotsenti
Chyornaya Broniya IosifnovnaAxborot resurs markazi, axborot-kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo‘limi mudiri
Muxamedova Munisa Sabirovna“Muzeyshunoslik” kafedrasi professori
Xapov Vasiliy Nikolayevich“Mahobatli rangtasvir” kafedrasi dotsenti
Xakimov Botir Baxodirovich“Haykaltaroshlik” kafedrasi katta o‘qituvchisi


O‘zbekiston Badiiy akademiyasining “Oltin” va “Kumush” medallari bilan taqdirlanganlar

O‘zbekiston Badiiy akademiyasining “Oltin” medali bilan:

Maxmudov Mavzur Mansurovich“Teatr bezagi rangtasviri” kafedrasi dotsenti
Raxmanov Sadikjon Muminovich“Mahobatli rangtasvir” kafedrasi dotsenti
Raximova Zuxra Ibragimovna“Muzeyshunoslik” kafedrasi professori
Serik Pirmatov“Amaliy grafika va badiiy fotografiya” kafedrasi dotsenti

O‘zbekiston Badiiy akademiyasining “Kumush” medali bilan:

Safi Mariya Aleksandrovna“Miniatyura va kitob grafikasi” kafedrasi dotsenti


Rahbar ayollar faoliyati yuksak e’tirof etildi

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisining sohada samarali faoliyat olib borayotgan ijodkorlar va xodimlarning bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi tegishli buyrug‘iga muvofiq, milliy san’atimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, Badiiy akademiya tizimida mas’ul rahbarlik faoliyatini olib borayotgan fidoyi va tashabbuskor ayollar alohida e’tirof etildi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasining “Oltin” medali bilan:

Utegenova Ulbosin BaltabayevnaO‘zbekiston Badiiy akademiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi raisi, hududda tasviriy va amaliy san’atni rivojlantirish, milliy madaniy merosni asrab-avaylash va targ‘ib etish yo‘lidagi samarali rahbarlik faoliyati uchun taqdirlandi.

“O‘zbekiston Badiiy akademiyasi fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan:

Qarshiyeva Gulabza AliqulovnaKamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi direktori, Sharq miniatyura san’ati an’analarini asrab-avaylash, ilmiy-tadqiqot va ko‘rgazma faoliyatini yuksak saviyada tashkil etishdagi fidokorona mehnati uchun;

Nodir Binafsha“San’at” jurnali tahririyati bosh muharriri, milliy va zamonaviy san’atni keng targ‘ib etish, ijodkorlar faoliyatini ommalashtirish hamda san’atshunoslik tafakkurini rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun taqdirlandi.