Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
7-noyabr kuni Respublika “Hunarmand” uyushmasi anjumanlar zalida Farg‘ona viloyati hokimligi va uyushma tomonidan “SAN‘AT” nashriyotida chop etilgan “O‘zbekiston badiiy hunarmandchiligi” nomli kitob-albomning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda sanʼatshunoslar, xalq amaliy sanʼati ustalari, soha faollari va OAV vakillari ishtirok etdi.
So‘zga chiqqanlar bu kabi nashrlar avlodlar uchun muhim manba ekanligini taʼkidlashdi.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasining “SAN‘AT” jurnali bosh muharriri, sanʼatshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Binafsha Nodir muallifligidagi mazkur kitob-albom, usto-shogird tizimi asosida avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan O‘zbekiston amaliy sanʼatiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda yurtimizning bugungi kundagi nufuzli, ko‘zga ko‘ringan usta-hunarmandlari ijodi batafsil yoritilgan.
Kitob mundarijasi amaliy sanʼatning – kulolchilik, kandakorlik, pichoqchilik, zargarlik, yog‘och o‘ymakorligi, ganch o‘ymakorligi, naqqoshlik, gilamchilik, badiiy matolar, chitgarlik, kashtachilik va zardo‘zlik kabi turlaridan iborat.
Kitob uch til - o‘zbek, ingliz va rus tillarida nashr etilib, usta-hunarmandlarning eng sara ijodiy ishlari fotosuratlari bilan boyitilgan.