Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

BMT Bosh assambleyasi tomonidan 16-noyabr - Xalqaro bag‘rikenglik kuni, deb eʼlon qilingani munosabati bilan  yurtimizda 11-16 noyabr kunlari  Bag‘rikenglik haftaligi o‘tkazilmoqda.

Haftalik doirasida 12-noyabr kuni Toshkent fotosuratlar uyida “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” nomli fotoko‘rgazma ochildi. Mazkur ko‘rgazma Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamkorligida tashkil etildi. 

💠 Ko‘rgazmadan maqsad yurtimizda diniy erkinlik va millatlararo munosabatlarning barqarorligini keng jamoatchilikka namoyish etish, shu qadriyatlarni saqlab, rivojlantirishdan iborat. 

💠 Yurtimizda millatlararo totuvlik va hamjixatlik, diniy bag‘rikenglik masalalari davlatimiz siyosatining eng muhim, ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. 

💠 Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila farzandlaridek ahil va inoq yashamoqda. Diniy tashkilotlar emin-erkin  faoliyat yuritib kelayapti. 

💠 Ular umumiy uyimiz – O‘zbekiston ravnaqi,xalqaro maydondagi obro‘-eʼtibori yuksalishi yo‘lida birlashib, barcha soha va tarmoqlarda fidokorona mehnat qilmoqda, mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shmoqda.   turli millatga mansub yurtdoshlarimiz ham samarali mehnat qilmoqda va bu tinchligimiz va bag‘rikengligimiz ko‘rgazmamizda aks ettirilgan dedi.

💠 Ko‘rgazmaga qo‘yilgan 60 dan ziyod  fotoasarlar tomoshabinga yurtimizda hukm surayotgan millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik, turli millatga mansub yurtdoshlarimizning  samarali mehnati haqida so‘zlaydi.