close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun, 28-iyul kuni Milliy madaniy markazlar pavilyonida 30-iyul – Xalqaro do‘stlik kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Do‘stlik” festivali doirasida “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” nomli fotoko‘rgazmaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 Fotoko‘rgazma mamlakatimizda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash, turli millat va elat vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat, ishonch hamda hamjihatlik muhitini yanada rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim madaniy-ma’rifiy loyiha sifatida tashkil etildi. Bunday tashabbuslar yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Ko‘rgazmada O‘zbekistonda qaror topgan millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhiti, turli millat va elat vakillarining boy madaniy merosi, urf-odat va an’analari, shuningdek, ularning mamlakat ijtimoiy hayotidagi faol ishtirokini aks ettiruvchi fotolavhalar namoyish etildi.