Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bosh ilmiy kotibi Feruza Abidjanova shu kunlarda Ozarbayjonda xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Ozarbayjonda turkiy davlatlar Badiiy akademiyalari hamda oliy taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirokida konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

20-noyabr kuni Ozarbayjon Milliy rassomlik muzeyida talabalarning asarlaridan iborat ko‘rgazma tantanali tarzda ochildi.

Tadbirda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi delegatsiyasi ishtirok etdi. Shuningdek, ko‘rgazmada Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabalari ishlari ham namoyish etildi.

Mazkur asarlar mehmonlar va ishtirokchilarda alohida qiziqish uyg‘otib, yosh ijodkorlarning mahorati yuqori baholandi.