Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Aziz yurtdoshlar, san’at ahli va ijodkorlar!

Sizlarni Vatanimiz tarixidagi eng ulug‘ va eng aziz sana — O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 34 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz!

Mustaqillik — xalqimizning asriy orzularini ro‘yobga chiqargan, milliy qadriyat va an’analarimizni tiklagan, san’at va madaniyatimizni yangi bosqichlarga olib chiqqan buyuk ne’matdir. Bu ulug‘ bayram barchamizning qalbimizga faxr, g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi  Mustaqilligimiz bardavom, yurtimiz tinch va farovon, ijodingiz esa ilhomli bo‘lishini tilaydi.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Yashasin Mustaqil O‘zbekiston!