Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

10-dekabr kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasida O‘zbekiston va  xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yana-da rivojlantirish  maqsadida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekiston-Shimoliy Makedoniya” do‘stlik jamiyatini tashkil etish bo‘yicha taʼsis majlisi o‘tkazildi.
Majlis kun tartibida “O‘zbekiston-Shimoliy Makedoniya” do‘stlik jamiyatini tuzish, Do‘stlik jamiyatining Ustavini qabul qilish va boshqa masalalar o‘rin oldi.

 Birinchi masala yuzasidan majlis raisi, Badiiy akademiya raisi A.Nuridinov so‘zga chiqdi. U mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, iqtisodiy va ijtimoiy sohada erishilayotgan yutuqlar qatorida fuqarolik jamiyatini barpo etish borasida yaratilgan sharoitlar to‘g‘risida gapirdi. Erkin fuqarolik jamiyatida jamoat tashkilotlarining jamiyat xayotida muhim kuch ekanligi, har bir sohaning rivojlanishi va soha istiqbolini belgilashda jamoat birlashmalari va uyushmalarining imkoniyatlaridan samarali foydalanish jamiyatning demokratlashuvining asosi ekanligi alohida taʼkidlandi. Toshkentda o‘tkazilgan Shimoliy Makedoniya bo‘yicha konferensiyadan so‘ng o‘zaro aloqalarimiz yana-da yaxshilandi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston va Shimoliy Makedoniya o‘rtasida xalq diplomatiyasini rivojlantirish, o‘zaro maʼnaviy qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish vazifalari bilan shug‘ullanadigan do‘stlik jamiyati tuzish zarurati mavjudligini maʼlum qildi.

 “O‘zbekiston-Shimoliy Makedoniya” do‘stlik jamiyatini tuzish yuzasidan berilgan taklif taʼsis majlisi ishtirokchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.Ushbu taklif ovozga qo‘yildi va bir ovozdan qabul qilindi. Ikkinchi masala yuzasidan taʼsischilar guruhi rahbari, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi vakili Z.Abidov “O‘zbekiston-Shimoliy Makedoniya” do‘stlik jamiyati Ustavining har bir moddasini delegatlarga o‘qib, izohlab berdi. Ustav moddama-modda muhokama etildi va do‘stlik jamiyati Ustavini qabul qilish ovozga qo‘yildi. “O‘zbekiston-Shimoliy Makedoniya” do‘stlik jamiyatining Ustavi bir ovozdan qabul qilindi.

Uchinchi masala yuzasidan delegat, "K7 Hotel Management" MCHJ rahbari Toshtemirov Farhod Po‘latovich so‘zga chiqib, taʼsischilar guruhi bilan maslahatlashilgandan keyin do‘stlik jamiyati Boshqaruv aʼzoligiga hamda Nazorat-taftish komissiyasi aʼzoligiga tavsiya etilgan munosib nomzodlar saylandi.

 Shundan keyin, “O‘zbekiston-Shimoliy Makedoniya” do‘stlik jamiyati raisi lavozimiga Badiiy akademiya rahbari A.Nuridinov tavsiya etildi. Bu taklif delegatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. A.Nuridinov nomzodi ovozga qo‘yildi va bir ovozdan maʼqullanib, Nuridinov Akmal Vahobjonovich do‘stlik jamiyati raisi etib saylandi. Kun tartibiga kiritilgan boshqa  masalalar ham ko‘rib chiqilib, o‘zaro fikr almashildi.