close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Qo‘qon ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabida O‘zbekiston xalq rassomi, akademik, "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni sohibi Javlon Umarbekov bilan ijodiy uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuvda shuningdek, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori Omonulla Salihov ishtirok etdi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tashabbusi bilan yosh avlodni tasviriy sanʼat dunyosi bilan yaqindan tanishtirish, ularda estetik did va madaniy dunyoqarashni shakllantirish hamda professional ijodkorning boy tajribasini keng jamoatchilikka yetkazish, yosh va katta avlod o‘rtasida jonli muloqot muhitini yaratish maqsadida joylarda ustoz rassomlar bilan shunday ijodiy uchrashuvlar muntazam tashkil etib kelinmoqda.

Maktab o‘quvchilari bilan uchrashuvda ustoz rassomning bosib o‘tgan ijodiy yo‘li, muvaffaqiyatlari, yosh rassomlar va sanʼatsevarlarga kasb sirlari, ijodiy jarayonning nozik jihatlari, asarlari orqali milliy qadriyatlar, tarix va zamonamiz qahramonlari siymosini yoshlarga tanitish, ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish xususida so‘z bordi.

Ishtirokchilarga o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita sanʼat arbobidan javob olish va asarlarning yaratilish tarixini muallif tilidan eshitish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Uchrashuv va jonli muloqot yoshlar maʼnaviyatini boyitishga xizmat qildi.

Tadbir so'nggida tashrif buyurgan mehmonlar maktab kutubxonasiga tasviriy va amaliy san'at yo'nalishi o'quvchilari uchun kerakli adabiyotlar, esdalik sovg'alar taqdim etishdi.