close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun, 2025 yil 10-dekabr kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasida Akademiya hamda Yaponiya elchixonasi vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv san’at sohasi, ta’lim dasturlari va madaniy tadbirlar doirasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlandi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nuriddinov 2026 yilda Toshkent shahrida “Yapon bog‘i” nomli fotoko‘rgazma tashkil etish taklifini ilgari surdi va ushbu tashabbus yapon delegatsiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Yaponiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Xirata Kendi yapon me’morchiligi bo‘yicha ma’ruzalar o‘tkazish tajribasi bilan o‘rtoqlashib, o‘z mamlakatining madaniy an’analari haqida so‘zlab berdi hamda bu ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Tomonlar, shuningdek, qo‘shma ta’limiy tashabbuslar va san’at sohasida mutaxassislar tayyorlashda tajriba almashish masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan hamkorlikni davom ettirish hamda kelgusi loyihalarni birgalikda tayyorlash to‘g‘risida qarorga kelindi.