O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi, naqqosh Anvar Ilhomov tavalludining 80 yilligiga bag'ishlandi
O'zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Buxoro ixtisoslashtirilgan san'at-maktab internatida O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi, naqqosh Anvar Ilhomov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan davra suhbati o'tkazildi.
Anvar Ilhomov Toshkent naqqoshlik maktabining eng yorqin va yetakchi vakillaridan biri hisoblanadi.
Ustoz usta respublika va xorijda o‘zining betakror, alohida mazmun va mohiyatga ega turli naqqoshlik va ganchkorlik ishlari bilan tanilgan naqqoshlardan biridir.