close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabalar turar joyida  "Navro'zni ulug'lash - insonni ulug'lash" shiori ostida tashkil etilgan Milliy qadriyatlar festivali hamda "Payshanba - yoshlar kuni" doirasida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi o'tkazildi!

✅ An'anaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bugun talabalar turar joyidagi festival doirasida tashkil etilib, uchrashuvda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi  Akmal Nuridinov, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bosh ilmiy kotibi  Feruza  Abidjanova, institut rahbariyati va mas'ul xodimlari tomonidan talabalarning taklif va tashabbuslari tinglandi.

💬 Uchrashuv talaba-yoshlarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini kamol toptirish, ularning ilmiy-ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda ochiq muloqot muhitini shakllantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Tadbir davomida O'zbekiston Badiiy akademiyasi va  institut rahbariyati tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim jarayonidagi islohotlar hamda ijodiy faoliyatni rivojlantirishga doir ustuvor vazifalar yuzasidan atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.

💬 Shu bilan birga jarayon davomida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan rahbarlarga murojaat qilib, ta’lim sifati, talabalar amaliyoti, ijodiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro hamkorlik kabi masalalari yuzasidan taklif va mulohazalarini bildirdilar. Rahbariyat tomonidan ushbu fikrlar e’tibor bilan tinglanib, tegishli tavsiyalar va amaliy yechimlar yuzasidan izohlar berildi.

✅ Xulosa sifatida aytish mumkinki, mazkur uchrashuv va bugungi tadbirlardagi rahbarlarning tashrifi talaba-yoshlar bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlashda muhim platforma vazifasini bajardi.