Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun, 14-iyul kuni Nukus shahrida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining raisi Amanbay Orinbayev tomonidan qabul qilindi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-iyul kuni qabul qilingan "Tasviriy va amaliy sanʼat sohasini yana-da rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" PQ-212-son qarori ijrosini taʼminlash hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida  bu borada 2025–2027 yillarga mo‘ljallangan "Yo‘l xaritasi"ni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zaro muloqotda Qoraqalpog‘istonda tasviriy va amaliy sanʼatni yana-da rivojlantirish va ommalashtirish, isteʼdodli yosh rassomlarni qo‘llab-quvvatlash, badiiy taʼlim sohasida yuksak malakali kadrlar tayyorlash tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida yuritish, Badiiy akademiyaga qarashli Jollibay Izentayev nomidagi  Qoraqalpog‘iston Respublikasi ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati faoliyatini takomillashtirish masalalri bo‘yicha fikr almashildi.

Shu bilan birga Qoraqalpog‘istonda tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn sohasi xodimlarini moddiy-maʼnaviy qo‘llab-quvvatlash, ijod ahli uchun ustaxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ularning shaxsiy va jamoaviy ko‘rgazmalarini uyushtirish imkoniyatlariga eʼtibor qaratildi.