Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Davlatimiz rahbarining “Tasviriy va amaliy sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–212-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nurning viloyatlarga xizmat safari davom etmoqda.

📍 2025-yil 21-iyul kuni Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nurni qabul qilgan edi. Uchrashuvda viloyatda tasviriy va amaliy sanʼat sohasini rivojlantirishga oid taklif va tashabbuslar muhokama qilinib, Qashqadaryo ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatiga 200 o‘rinli yotoqxona qurilishi rejalashtirilgan edi.

🗓 2025-yil 24-iyul kuni mazkur tashabbus amaliy bosqichga o‘tdi — viloyat hokimi Murotjon Azimov sanʼat maktab-internatiga tashrif buyurib, maktab faoliyati va mavjud sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida 200 o‘rinli yotoqxona qurilishi bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, maktab-internatning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, iqtidorli yoshlar uchun yanada munosib muhit yaratish bo‘yicha qo‘shimcha choralar belgilandi.