close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Qo‘qon ixtisoslashtirilgan san‘at maktabida yangi ko‘rgazmalar galereyasi faoliyat boshladi.

Unda tashkil qilingan birinchi ko‘rgazmaning ochish marosimida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur, Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, O‘zbekiston xalq rassomi, akademik Javlon Umarbekov, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori Omonulla Salihov va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Qo‘qon ISMning Tasviriy va amaliy san‘at bo‘limi o‘qituvchilarining “Ijod olami” deb nomlangan ko‘rgazmasi galereyada tashkil qilingan ilk ekspozitsiya bo‘ldi.

Ko‘rgazmada musavvir murabbiylarning rang-barang va o‘ziga xos asarlari namoyishga qo‘yildi.

Mehmonlar har bir asarni katta qiziqish bilan ko‘zdan kechirib, mualliflar mahoratini yuqori baholadilar.