Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
10-sentyabr kuni soat 11:00da O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida “Ranglar jilosida - ona diyor” rasmlar tanlovining Respublika bosqichi ishtirokchilari asarlari ko‘rgazmasining ochilishi hamda g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
2024 yilgi “Ranglar jilosida - ona diyor” respublika yosh ijodkorlari rasmlar tanlovi respublika bosqichi g‘oliblari e`lon qilindi.
7 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan yosh ijodkorlar:
III o‘rin - Samir Xaliqov, 10 yosh. Jizzax viloyati;
II o‘rin - Farzona Jumanazarova, 8 yosh. Jizzax viloyati;
I o‘rin - Mohiro‘y Xidirova, 13 yosh. Jizzax viloyati.
14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan yosh ijodkorlar:
III o‘rin - Shirin Sodiqova, 16 yosh. Qashqadaryo viloyati;
II o‘rin - Muslima Qobilova, 15 yosh. Toshkent shahri;
I o‘rin - Feruza Nurullayeva, 15 yosh. Buxoro viloyati.
18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yosh ijodkorlar:
III o‘rin - Omina Tojiboyeva, 20 yosh. Toshkent viloyati;
II o‘rin - Sabrina Urmanova, 21 yosh. Toshkent viloyati;
I o‘rin - Karina Umarova, 21 yosh. Toshkent shahri.
“Ranglar jilosida – ona diyor” rasmlar tanlovining g‘oliblari Diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Respublika bosqichi ishtirokchilarining barchasiga sertifikatlar topshirildi.
Ko‘rgazma joriy yilning 20 sentyabrigacha davom etadi.