Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

2025 yilning 20-iyun kuni soat 17:00da O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining katta ko’rgazmalar zallarida rassom Botirali Umarovning "RANGLARGA BURKANGAN O'LKAM" nomli shaxsiy ko'rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Rassom ijodi o`zgacha, tabiatni sevadi, ayniqsa, kuz faslini - havo bulutli bo`lganda yoki quyosh nurlarida tabiatning jilvalanishini ko`p bora kuzatgan va bularni o`z asarlarida ranglar uyg`unligi orqali tasvirlagan. Ayniqsa, kichik hajmdagi manzaralar tasvirlangan etyudlari tomoshabinlarning e`tiborini o`ziga tortishi tabiiy.

Shuningdek, rassom ijodida tarixiy janrlar va manzara asosly o`rin egallaydi.. Uning “Qiyomat” asari Chingiz Aytmatovning asari asosida ishlangan. Ushbu asarda ota – onaning faryodi aks etgan.

“Uloq” nomli asarlarida esa xalqimizning avloddan –avlodga o`tib kelayotgan qadimiy an`analarning zamonaviy ko`rinishi tasvirlangan. 

Ko`rgazma joriy yilning 29 iyunigacha davom etadi.