Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

2025-yil 4-dekabr kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida rassom Chori Shamsning “Turkiylarning xayoliy jonzotlari” nomli ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazmada yozuvchi Sherzod Komil Xalil kitobi uchun yaratilgan 30 dan ortiq illyustratsiyalar namoyish etildi.

Rassom haqida ma’lumot

Chori Shams — 1970-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan.

  • Pavel Benkov nomidagi Respublika rassomlik kollejining bitiruvchisi.

  • Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida bakalavr bosqichida “rangtasvirchi”, magistraturada esa “mahobatli rangtasvirchi” yo‘nalishida tahsil olgan.

  • Rassom ustozlari: M. Saidov, N. Qoziboyev, R. Xudoyberganov, Z. Faxriddinov, B. Boboyev, Ch. Bekmirov.

  • 2019-yildan O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi.


💬 “Turkiylarning xayoliy jonzotlari” kitobi haqida

“Turkiylarning xayoliy jonzotlari” — xayoliy zoologiyaga bag‘ishlangan ensiklopedik maqolalar to‘plami bo‘lib, yozuvchi Sherzod Komil Xalil tomonidan yaratilgan. Asar 2021-yilda yozilgan bo‘lib, nashrga tayyorlanmoqda.

Kitobda 40 ta xayoliy jonzot tasviri keltirilgan. Rassom Chori Shams ushbu jonzotlarning barchasini qayta tasvirlab, ular uchun alohida badiiy obrazlar yaratgan.

Kitobda quyidagilar haqida batafsil ma’lumot beriladi:

  • har bir jonzotning kelib chiqishi va tasnifi;

  • ko‘rinishi, soni, oxirgi bora kim ko‘rgani;

  • hozir mavjud yoki yo‘qligi;

  • badiiy asarlarda qanday uchrashi;

  • odamga zarari yoki foydasi;

  • jonzotning qobiliyatlari va qudrati.

“Asarda turkiy xalqlar mifologiyasida uchraydigan ‘Qora-quralar’, ‘Alvasti’, ‘Ko‘k bori’ va boshqa obrazlar birlashtirilgan.”


⭕️ Ko‘rgazma davomiyligi

Ko‘rgazma 2025-yil 14-dekabrga qadar davom etadi.