Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

2025 yilning 5 noyabr kuni soat 17:00da O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining katta ko’rgazmalar zalida rassom Ulug'bek Muxamatovning "CHIZIQDAN RANGGACHA" nomli shaxsiy ko'rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ko`rgazmada rassomning 40ga yaqin grafik ishlari namoyish qilinmoqda.
Ulug`bek Muxamatov – 1984 yilda Navoiy viloyatining Navoiy shahrida tug`ilgan.
1998-2000 yillar  Navoiy viloyati Uchtut nafis san`at litsey-internatida o`qigan.
2001-2006 yillarda K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining “Dastgohli rangtasvir” fakultetidada tahsil olgan.
2011 yildan O`zbekiston Badiiy Ijodkorlar uyushmasi a`zosi.
Rassomning asarlari dunyoning ko`plab mamlakatlarida shaxsiy kollektsiyalarda saqlanib keladi. Jumladan, Germaniya, AQSH, Chexiya, Italiya, Ispaniya, Rossiya, Yaponiya, Qozog`iston kabilar.

Rassom ijodiga chizgilar…

Rassom birinchi chizgan rasmi dengiz bo`lgan. Rassom ijodi o`zgalardan ancha farq qiladi. U asosan grafika uslubida ijod qiladi. Grafika rassom uchun juda qulay. U ko`p ranglardan foydalanish  rassomni chalg`itadi, deb hisoblaydi.  “Bahor” asarida gilam orqasida gullagan olxo`ri daraxtini tasvirlagan. Yoshligi esga tushgan,  rassom qishloq hayotiga juda mehr qo`ygan.  Shu bois ham oddiylik va samimiylik unga juda yaqin. Asarlarda hech kim nazari tushmagan joylarni va mavzularni topishga harakat qiladi. Eski obidalarni tasvirlashni yaxshi ko`radi. Jumladan, Navoiydagi ko`pchilik bilmaydigan “Rabot - Malik”, “Magoki -Attari”, “Mirsaid - Bahrom” maqbaralarini tasvirlagan.

Ko`rgazma joriy yilning 16 noyabrigacha davom etadi.