Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
9-iyun kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyining katta ko’rgazmalar zalida rassom Xasan Saidovning "Andajonim qoldi mening..." nomli shaxsiy ko'rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Korgazmada rassomning 50 ga yaqin rangtasvir ishlari namoyish qilindi.
Xasan Saidov -1948 yil 8- sentyabrda Qirgiziston Respublikasi Osh shahrida tug'ilgan.
Pavel Benkov nomidagi rassomlik bilim yurtida tahsil olgan. Keyin esa Ostrovskiy nomidagi Teatr va Rassomchilik institutining “Dastgohli rangtasvir” fakultetini tamomlagan.
Rassomning ijodida asosan portret janri muhim orin tutadi. U osha davr zamonasi qahramonlari siymosini yaratadi.
Rassom tabiatni juda sevadi. Uning “Navoiy kochasi” asarida bahor fasli tasvirlangan. “Pomir toglari”, “Badaxshon qizlari” ishida Aleksandr Makedonskiy avlodlari aks etgan.Atlas koylak, doppilar kiygan, kozlari kom – kok qizlar olis otmishni eslatadi.
Ko`rgazma joriy yilning 18 iyunigacha davom etadi.