8-yanvar kuni, Andijon davlat universitetida Bobur shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Rassomlar festivalini tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda festivalni o‘tkazish bo‘yicha mas’ul kotib, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasining Andijon viloyati bo‘limi raisi Rasuljon Ismanov,
Andijon viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Isomiddin Ismanov,
O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zolari hamda universitet ijodkorlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda festival doirasida amalga oshiriladigan tashkiliy, konseptual va ijodiy masalalar, jumladan,
Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari,
tadbirning mazmuniy yo‘nalishlarini belgilash,
ishtirokchilarni saralash va jalb etish mexanizmlari,
nominatsiyalar kesimidagi baholash mezonlari,
shuningdek festivalni tizimli va yuqori saviyada tashkil etish bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuv davomida ishtirokchilarning festivalni samarali va munosib tarzda tashkil etishga oid taklif va fikr-mulohazalari tinglandi hamda chora-tadbirlar belgilandi.
Ulug‘bek Tadjibayev,
O‘zBIU Andijon viloyat bo‘limi aʼzosi