close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun, 22-aprel kuni Markaziy ko‘rgazmalar zalida Xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali doirasida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Rassomlik mahorat ustaxonasi stajyor-tadqiqotchisi, Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Dastgohli rangtasvir” kafedrasi o‘qituvchisi, rassom Sarvar Sulayman tomonidan ZXK “Nevskaya Palitra” bilan hamkorlikda mahorat darsi tashkil etildi.

💾 Mazkur mahorat darsida ishtirokchilar uchun tempera bo‘yoqlari bilan ishlash texnikasi bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi. Dars davomida tempera bo‘yoqlarining xususiyatlari, rang qatlamlarini to‘g‘ri qo‘llash, shuningdek kompozitsiya va ishlov berish usullari haqida batafsil tushunchalar berildi.

💬 Bunday ijodiy uchrashuvlar yosh rassomlar va talabalar uchun professional tajriba orttirish, yangi texnikalarni o‘zlashtirish hamda amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.