Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

2025 yilning 21-may kuni soat 14:00da O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida an’anaviy “Ko‘zmunchoq-2025” nomli bolalar rasmlari tanlovi va ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tanlov-ko‘rgazmada Toshkent shahri va viloyatlardan 400 nafar o‘quvchilarning 400 dan ortiq rangtasvir, grafika, vitraj, applikatsiya ishlari namoyish qilindi.

Bu yilgi “Ko‘zmunchoq - 2025” tanlov – ko‘rgazmasida Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab – internati pedagoglari N. Rahimova, T. Goncharova, S. Mo‘minova, N. Hoshimova, S. Mahkamova, X. Qahhorova, L. Adilova,  Sh. Isakjanova, K. Igamberdiyeva, M. Adilovalarning o‘quvchilari faol ishtirok etmoqda.

Mazkur ko‘rgazmali tanlovda Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shaxridagi Ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatlari bolalarning turli janrlardagi ijodiy ishlari bilan birga applikasiya, kollaj, vitraj, grafika kabi texnikalarda yaratgan ijod namunalari o‘rin olgan.

Ko‘rik tanlov g‘oliblari:
🏆Gran-pri

Muxammadmustafo Moxirxojiev (Toshkent sh.) 
   
🥇1-o‘rin:
1. Laziza Oloviddinova (Toshkent sh.)
2. Imona Baxtiyorova (Toshkent sh.)
3. Mubina Zafarova (Toshkent sh.)
 
🥈2-o‘rin:
1. Shohruza Olimjonova (Toshkent sh.)
2. Sofiya Raupova (Surxondaryo v.)
3. Abror Xatamov (Toshkent sh.)
4. Shoxnurmirzo Shuxratov (Qashqadaryo v.);

🥉3-o‘rin:
1. Ziyoda Atxamova (Toshkent sh.)
2. Osiyo Xudoyberdiyeva (Toshkent sh.)
3. Farzona Jumanazarova (Jizzax v.) 
4. Ajiniyaz Jamg‘irbaev (Qoraqalpog‘iston Respublikasi);

Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining sertifikatlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlangan ishtirokchilar:
1. Shaxruza Raxmonova (Toshkent sh.) – “Eng yaxshi qo‘l mehnati” nominatsiyasi.
2. Soliha Mo‘minova (Sirdaryo v.) – “Eng yaxshi kompozitsiya” nominatsiyasi.
3. Shamsinurxon Musaxanova (Toshkent sh.) – “Eng yaxshi g‘oya” nominatsiyasi.

*️⃣Ko‘rgazma 2025-yil 2-iyungacha davom etadi.