close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

22-aprel kuni Ruminiyaning Konstanta shahridagi Konstanta san’at muzeyida “Oʻzbekiston miniatyurasi: an’ana va zamonaviylik” mavzusida ko‘rgazma ochildi.

🎨 O‘zida san’atning eng go‘zal turlaridan biri — miniatyura san’atini jamlagan mazkur ko‘rgazma Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyining katta ilmiy xodimlari Asalxon Raxmatullayeva va Zilola Asqarova kuratorligida tashkil etildi.

Ko‘rgazmada namoyish etilgan asarlar mualliflari — muzey xodimlari Sherzod Arifboyev, Baxtiyor Dedashev va Saida Jalilova ijodida asosiy e’tibor diniy va falsafiy mavzular, “Shohnoma” va “Lison ut-tayr” dostonlariga ishlangan syujetlar, shuningdek ramziylik va sevgi-muhabbat mavzulariga qaratilgan.

🌍 Ko‘rgazmaga ko‘plab tomoshabinlar, ijodkorlar hamda Turkiyaning Ruminiyadagi elchixonasi Turk madaniyati markazi vakillari tashrif buyurib, O‘zbekiston zamonaviy miniatyura san’atiga katta qiziqish bildirdilar.