Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
Samarqand shahrida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi hamkorligida “Samarqand – 2025” IV xalqaro haykaltaroshlik simpoziumi ish boshladi.
Ko'hna va navqiron Samarqanddagi “Jannat makon” bog‘i dunyoning turli burchagidan kelgan haykaltaroshlarga o‘z bag‘rini ochdi. Shahar ahli va san’at muxlislari ochiq osmon ostidagi ijodiy laboratoriyada Yaponiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Eron, Turkiya, Hindiston, Gruziya, O‘mon va O‘zbekiston haykaltaroshlik ustalarining betakror ijodiy mahoratidan bahramand bo‘lishadi.
Simpoziumning joriy shiori - “Bizning sayyoramiz – bizning uyimiz!”.
Eslatib o‘tamiz, Samarqand shahri I Xalqaro haykaltaroshlik simpoziumiga ham mezbon edi. (https://t.me/artacademyuz/15812)