Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

📆 2025-yil 29–30-iyul kunlari O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Samarqand viloyatida xizmat safari bilan tashrif buyurdi.


🏛 29-iyul – Viloyat hokimligida uchrashuv

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev tomonidan viloyat hokimligida qabul qilindi.

Uchrashuvda Prezidentimizning  “Tasviriy va amaliy sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-212-sonli qarori ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida, “Yo‘l xaritasi” doirasida quyidagi yo‘nalishlar belgilandi:
🔵 badiiy ijodkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash
🔵 ijodiy muhitni jonlantirish
🔵 ustoz-shogird anʼanalarini izchil davom ettirish
🔵 yosh iste’dodlarni aniqlash va ular uchun munosib sharoitlar yaratish
🔵 uyushma a’zolari uchun zamonaviy ustaxonalar tashkil etish
🔵 “O‘smatboy madrasai” kartinalar galereyasi faoliyatini takomillashtirish


🏫 30-iyul – Maktab-internat faoliyati o‘rganildi

Xizmat safari doirasida rais Akmal Nur O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi
Samarqand ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatiga tashrif buyurdi.

📌 “Yo‘l xaritasi”da ushbu muassasani Samarqand shahri markaziga ko‘chirish belgilangan.

Tashrif davomida:
🔵 maktab pedagoglari bilan uchrashdi va ularning fikr-mulohazalarini eshitdi
🔵 mavjud infratuzilma, o‘quv jarayoni va moddiy-texnik baza bilan tanishdi
🔵 o‘quvchilar va o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan ijodiy ishlarni ko‘zdan kechirdi

📝 Maktab faoliyatini takomillashtirish va zamonaviy ta’lim muhitini shakllantirish yuzasidan muhim taklif va tashabbuslar bildirildi.


🖼 Badiiy ijodkorlar uyushmasi viloyat bo‘limida

Xizmat safari yakunida rais Akmal Nur
Badiiy ijodkorlar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida:
🔵 bo‘limning kundalik ish faoliyati
🔵 ijodiy tashabbuslar va loyihalar
🔵 ko‘rgazma zalida tashkil etilgan ekspozitsiyalar ko‘zdan kechirildi

Raisga O‘zBIU Samarqand viloyat bo‘limi rahbari Axmad Isoyev hamrohlik qildi.


🖋 Tashrif davomida viloyatda tasviriy va amaliy san’atni yangi bosqichga olib chiqish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash hamda madaniy hayotni boyitishga xizmat qiluvchi dolzarb masalalar muhokama qilindi.