close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi “Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida ekologik ta’lim, ilm-fan va targ‘ibotni jadallashtirishga oid kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–110-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand shahrida “Eko-biennale” xalqaro ekologiyaga oid rasmlar va hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.



šŸ“ŒMazkur ko‘rgazma Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tashabbusi bilan 2026-yil 31-may – 5-iyun kunlari o‘tkazilgan “Eco Expo Central Asia 2026” xalqaro ko‘rgazmasi hamda Global ekologik fond (GEF) VIII-Assambleyasi doirasida tashkil etildi.

šŸŽØ“Eko-biennale” ko‘rgazmasi ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni muhofaza qilish g‘oyalarini san’at va hunarmandchilik vositasida keng targ‘ib etish, shuningdek, ekologik yo‘nalishdagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratildi. Ko‘rgazmada dunyoning 10 dan ortiq davlatidan ekologik mavzudagi 500 ga yaqin rasmlar, amaliy san’at va hunarmandchilik namunalari namoyish etildi.

šŸŽÆEkspozitsiyalarda tabiatni asrash, biologik xilma-xillikni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini kamaytirish, yashil iqtisodiyot va barqaror rivojlanish kabi dolzarb mavzular ijodiy yondashuv asosida aks ettirildi. Turli mamlakatlardan tashrif buyurgan rassomlar, hunarmandlar va ekologiya sohasi vakillari o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, ekologik muammolarga innovatsion va madaniy yondashuvlarni namoyish etdilar.
 

šŸKo‘rgazma nafaqat ijodkorlar uchun o‘zaro tajriba almashish maydoniga, balki jamoatchilikning ekologik masalalarga e’tiborini kuchaytirish, yoshlar ongida tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish hamda ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi muhim platformaga aylandi.



šŸŽ— “Eko-biennale” xalqaro ko‘rgazmasining o‘tkazilishi O‘zbekistonda ekologik madaniyatni rivojlantirish, ekologik ta’lim va targ‘ibot samaradorligini oshirish, shuningdek, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.