Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
2025-yil 30-iyul — Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Xalqaro aloqalarni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Asya Tuychiyeva “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-iyundagi qaroriga asosan taʼsis etilgan ushbu mukofot har yili 30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni arafasida Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan tantanali tarzda topshirildi.
Mazkur ko‘krak nishoni — millatlararo do‘stlik va totuvlik muhitining mustahkamlanishiga munosib hissa qo‘shgan mahalliy hamda xorijiy fuqarolarga yuksak e’tirof sifatida beriladi.
Asya Tuychiyevaning xalqaro madaniy aloqalarni mustahkamlash, san’at orqali xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlash yo‘lida olib borgan samarali faoliyati ushbu mukofot bilan e’tirof etildi.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi jamoasi Asya Tuychiyevani ushbu sharafli yutuq bilan samimiy tabriklaydi hamda kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!