Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Xabar berganimizdek, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur shu kunlarda Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay shahrida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Bugun, 3-iyun kuni Shanxay sanʼat tadqiqot markazida mazkur markaz mutasaddilari va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi boshchiligidagi delegatsiya uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Unda sohadagi hamkorlik aloqalari istiqbollari, ikki tomonlama o‘zaro manfaatli loyihalar ijrosi xususida fikr almashildi. 

Gap shundaki, Shanxay sanʼat kolleksiyasi muzeyida tasviriy sanʼat ko‘rgazmasi tashkil etiladi va unda o‘zbek rassomlari asarlari ham namoyish qilinadi. 

Uchrashuv yakunida delegatsiyamiz tomonidan Shanxay sanʼat tadqiqot markaziga O‘zbekiston tasviriy va amaliy sanʼati, nomoddiy merosiga oid qimmatli adabiyotlar tuhfa qilindi.