Bugun, 17-fevral kuni Badiiy akademiya tasarrufidagi Sirdaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatining badiiy kulolchilik fani o‘qituvchisi Jasur Ergashev tomonidan Guliston shahridagi “Quvonch” nomli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachi-ustozlari va tarbiyalanuvchilari hamda Sirdaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tarbiyachi-metodistlari uchun mart oyi mavzusi asosida san’at markazida loy ishi bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi.
Mahorat darsining asosiy maqsadi — maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy san’atga qiziqishni oshirish va ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
Mashg‘ulot davomida bolalarga ranglar va bo‘yoqlar bilan ishlash bo‘yicha boshlang‘ich tushunchalar berildi hamda amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
O‘tkazilgan mahorat darsi tarbiyalanuvchilar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi va ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga xizmat qildi.