close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun, 14-mart kuni Ozarbayjon Milliy san’at muzeyida “Suzani tug‘ilishi. Bir kashtado‘z ayol tarixi” nomli ko‘rgazma ochildi. Mazkur ko‘rgazma Toshkent kashtachilik maktabi an’analarini tiklash va rivojlantirishga bag‘ishlangan.

Ko‘rgazmaning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasining Ozarbayjondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Bahrom Ashrafxonov ishtirok etib, nutq so‘zladi.

Ekspozitsiya tomoshabinni chin ma’noda maftun etadi. Qo‘lda yaratilgan yigirmata pannolar tomoshabinni go‘zallik va betakror uyg‘unlik olamiga olib kiradi. Ranglar uyg‘unligining nozikligi, kompozitsiyaning nafisligi, har bir gul va naqshning umumiy bezak ritmiga mukammal singdirilgani kishini hayratga soladi.

Loyihaning g‘oyasi, dramaturgiyasi va ilmiy asoslari san’atshunoslik bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Binafsha Nodirga tegishli bo‘lsa, uning badiiy talqini va material tili Madina Qosimbayeva tomonidan amalga oshirilgan.

Madina Qosimbayeva nafaqat ushbu asarlarni yaratadi, balki o‘z mahoratini boshqalarga ham o‘rgatib, zamonaviy O‘zbekistonda butun bir suzani maktabini shakllantirmoqda. Ushbu maktab qadimda hukmdorlar saroylari qoshida faoliyat yuritgan va yuksak badiiy qiymatga ega nafis asarlar yaratgan ustaxonalar an’analarini davom ettiradi.

Tashkilotchilar: Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vazirligi, Ozarbayjon Milliy san’at muzeyi.

Hamkorlar: O‘zbekiston Respublikasining Ozarbayjondagi Elchixonasi va “Hunarmand” O‘zbekiston hunarmandlar uyushmasi.

Ko‘rgazma 30-aprelga qadar davom etadi.