Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Muzeyshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi (PhD) Umida Axmedxodjayeva 4-bosqich MMMT va MPEKT yo‘nalishidagi talabalar bilan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, mehnat faxriysi, dotsent Aziza Mamatovaning ijodiy ustaxonasiga tashrif buyurdi.

Ustoz Aziza Mamatova talabalarga o‘z asarlaridan namunalar ko‘rsatib, ijodiy jarayon, asarlarining yaratilish tarixi, badiiy texnik vositalar, kompozitsion yechimlar haqida muhim ma'lumotlar berdi.

Aziza Mamatova O‘zbekiston rangtasvirida ko‘p asrlik tarixiy merosni o‘rganish, jahon badiiy jarayoni, xususan rangtasvirda sharqona lirika, yangi g‘oyaviy mazmundorlik va ramziy-majoziy talqinlar haqida so‘zlab berdi.

Rassom o‘z ijodida Sharq falsafasi va mumtoz she‘riyatiga tayanib, ilhom manbai sifatida turli an‘analarga murojaat qilishini ta’kidladi. U yaratgan lirik-poetik talqindagi ko‘plab tarixiy portretlar yuzasidan ham fikr almashildi.

A. Mamatova yaratgan portretlarda muallifning vatanparvarlik tuyg‘ulari, tasvirlangan siymolarga bo‘lgan mehr-muhabbati yorqin aks etadi.

Rassomning “Cho‘lpon” (1992) portreti alohida ta’kidlandi — unda shoir xumo qushi fonida tasvirlangan.
“Mustaqillik tufayli uning she‘riyati qayta jonlandi, silkinib parvoz qildi. Abdulhamid Cho‘lpon she‘riyatini og‘ir paytlarda ham unutmagan o‘zbek xalqi uni xuddi shunday xumo qushi kabi parvoz qilishini istagan edi”, — deya ta’riflaydi muallif.

Mazkur ijodiy uchrashuv talabalar uchun badiiy mahorat, dunyoqarash va ilhom manbaini boyituvchi muhim tajriba bo‘ldi.