Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

25-may kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasining “Akademiya” galereyasida  “O‘zbekiston tasviriy san'atida rus rassomlari” nomli xalqaro ko‘rgazma ochildi.

Oʻzbekiston tasviriy sanʼati rivojlanishi  yoʻlida Rossiya maktablarining o’ziga xos o’rni bor. Samarqand va Toshkent maktablarida o‘zbek yosh rassomlarini kasbiy tayyorlash rus maktablarining ustalari - P.Benkov, A.Volkov va boshqalar tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa, 1950-yillarda bu jarayon bir necha rassomlar avlodini yetishtirgan Toshkent rassomlik instituti o‘qituvchilari - Leningrad Badiiy akademiyasining o‘zbekistonlik ilk bitiruvchilari R. Ahmedov, N.Qo‘ziboyev, M.Saidov, T.Oganesov va boshqalar tomonidan davom ettirildi.

O‘zbekiston tasviriy san’ati ustalarining ko‘p millatli tarkibida rus millatiga mansub rassomlarning o‘rni katta bo‘lgan. Ular orasida o‘zbek zaminida tug’ilgan yoki Ikkinchi jahon urushi davrida O‘zbekistonga ko’chirilgan va yurtimizda muqim qolgan rus millatiga mansub rassomlar ham bor. Ularning barchasi o’zbek milliy rassomlik maktabi rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi galereyasida ochilgan rus rassomlari ko‘rgazmasida Rossiyada tug‘ilgan, biroq ijodi va hayot yo‘li O‘zbekistonda kechgan, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi bo‘lgan asli rossiyalik rassomlar tomonidan yaratilgan, ayni paytda Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi fondida saqlanayotgan 40 ga yaqin asarlar namoyish etildi. 
  
Bular -  Oʻzbekiston xalq rassomlari P. Benkov, A. Nikolaev (Usto Moʻmin), N. Kashina, Z. Kovalevskaya, M. Arinin, K. Bogoduxov E. Melnikov, Y. Taldikin, N. Pudovkin, G. Tkachev, V. Kovinin, A. Perov, G. Chernuxin va boshqa rassomlardir.

Bu asarlarning aksariyati xorijda bir necha bor namoyish etilgan va O‘zbekiston tasviriy san’ati timsoliga aylangan.

Ko’rgazma 30-mayga qadar davom etadi.