Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Davlatimiz rahbariga tasviriy va amaliy san’at sohasini yangi bosqichga olib chiqish, bu yo‘nalishni zamonaviy infratuzilma va ijodiy muhit bilan ta’minlash bo‘yicha tayyorlangan qaror loyihasi yuzasidan ma’lumot berildi. Ushbu soha xalqimiz madaniy merosining bir bo‘lagi, yosh avlod tarbiyasida esa beqiyos ahamiyatga ega.

Yillar davomida e’tibordan chetda qolgan bu yo‘nalish endi jadal rivoj topishi uchun muhim poydevor yaratilmoqda.

Nimalar barpo etiladi?

Loyihaga ko‘ra, 2026–2027-yillarda investitsiya dasturi doirasida:

  • Badiiy akademiyaning Markaziy ko‘rgazmalar zali va fond binosi rekonstruksiya qilinadi.

  • Toshkent fotosuratlar uyida zamonaviy Multimedia markazi tashkil etiladi.

  • Badiiy fond hududida yangi galereya va 40 ta ijodiy ustaxonadan iborat Yosh rassomlar markazi barpo etiladi.

  • Sharq miniatyura san’ati muzeyida o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonasi tashkil etiladi.

  • Benkov nomidagi rassomlik maktabi kapital ta’mirdan chiqarilib, unga 400 o‘rinli o‘quv bino hamda 200 o‘rinli yotoqxona quriladi.

Qanday imkoniyatlar yaratiladi?

  • Ijodkorlar uchun moddiy va ma’naviy rag‘bat tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

  • “Ustoz-shogird” tamoyili asosida faoliyat yuritayotgan tajribali rassomlar qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlanadi.

  • Har yili tanlov asosida eng iste’dodli yosh rassomlar xorijga — tajriba orttirish va malaka oshirishga yuboriladi.

  • Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida ta’lim sifati oshirilib, ilg‘or xorijiy dasturlar joriy etiladi.

  • Professor-o‘qituvchilarning san’at asarlari ilmiy monografiya maqomiga tenglashtiriladi.

  • Institut bitiruvchilariga maktablarda tasviriy san’at fanidan dars berish huquqi beriladi.

  • Yangi O‘zbekiston manzaralari”, “Tarixiy allomalar”, “Zamon qahramonlari” kabi turkumlarda davlat buyurtmasi asosida yangi asarlar yaratiladi.

Xulosa o‘rnida

Prezidentimiz hududlarda ham san’atkorlar uchun munosib sharoit yaratish, yoshlarni ijodga keng jalb etish, tasviriy va amaliy san’atni taraqqiyotning muhim yo‘nalishiga aylantirish zarurligini ta’kidladi.