Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Salixov Omonulla Raxmatullayevich O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga rektor etib  tayinlandi.

Omonulla Salixov 1986-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, maʼlumoti oliy.  

2009-yilda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining “Mahobatli rangtasvir” yo‘nalishi bo‘yicha magistraturani tamomlagan. 

2018-2019-yillarda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi “Taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik taʼminlash” boshqarmasi boshlig‘i, 2019-2022-yillarda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, 2022-2023-yillarda  Badiiy akademiyaning “Ijodiy faoliyatni muvofiqlashtirish va badiiy loyihalar bilan ishlash” boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan. 

O.Salixov madaniyat va sanʼat sohasidagi taʼlim muassasalarining taʼlim sifatini oshirish, yosh isteʼdodlarni aniqlash, qo‘llab-quvvatlash, sanʼat taʼlimida raqamli texnologiyalar va multimedia keng joriy etishda samarali mehnat qilib kelmoqda.

Madaniyat va sanʼat sohasi taʼlimining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini oshirishga oid  tashabbuslari bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilgan.

O.Salixov  tayinlovga qadar  O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining “Taʼlim sohasini muvofiqlashtirish” bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.