Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

 O‘zbekiston Badiiy akademiyasida Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, "O'zarxiv" agentligi O'zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi, Toshkent fotosuratlar uyi bilan hamkorlikda siyosiy qatag‘on qurbonlari va jadid ma'rifatparvar yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirishga bag‘ishlangan “Tilda, fikrda, ishda birlik” mavzusida maʼrifiy tadbir hamda  “Tarixiy xotira, ma’naviy va ruhiy tarbiya – Yangi O‘zbekiston poydevori” shiori ostida arxiv hujjatlari, rangtasvir va haykaltaroshlik asarlaridan iborat badiiy ko‘rgazma tashkil qilindi.

Maʼrifiy tadbirda qayd etilganidek, Prezidentimizning saʼy-harakatlari bilan O‘zbekiston Oliy sudi tomonidan 1 ming 30 nafardan ziyod mustabid tuzum qatag‘oniga uchragan vatandoshlarimiz nomi oqlanib, tarixiy adolat qad rostladi va minglab jadidlar avlodlari qalbini yaralagan jarohatlar bitdi.  Bugungi farovon hayot, mustaqil Vatan, osuda kunlar qurbonlarsiz bo‘lmagan. Jadidlarimizning jaholatga qarshi kurashish, millat shaʼnini himoya qilish orqali mustamlaka bo‘lgan Turkistonni dunyoning taraqqiy etgan mamlakatlari safida ko‘rishdek orzulari bugun ro‘yobga chiqdi.

Jadidlar hayoti va faoliyatiga oid  ko‘rgazma ham barchada katta qiziqish uyg‘otdi. Ko‘rgazma ekspozitsiyasida I.Bahromov, A.Aliqulov, S.Abdullayev, F.Axmadaliyev, O.Mo‘minov, B.Maxkamov, Sh.Qo‘ziyeva, O.Bakirov, S.Allaberganov, S.Raxmetov, Aziza Mamatova singari taniqli rassomlarning siyosiy qatag‘on qurbonlari va jadid ma'rifatparvar yurtdoshlarimiz fojeali hayoti tasvirlangan 20 ga yaqin rangtasvir asarlari hamda O'zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi fondida saqlanayotgan 40 ga yaqin arxiv fotolari namoyish etilmoqda.

Shuningdek, ko‘rgazmada  J.Annazarov, B.Norboyev, O‘.Yaxshilikov  kabi haykaltaroshlar -tomonidan maʼrifatparvar bobolarimizga ishlangan  haykallar ham o‘rin oldi.