close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

25-dekabr kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko‘rgazmalar zalida yil yakunlari bo‘yicha ijodiy natijalarni sarhisob etish va tasviriy san’atning turli yo‘nalishlarida samarali mehnat qilgan ijodkorlarni taqdirlashga bag‘ishlangan TOP-ART — 2025 tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ijodkorlar, san’at ixlosmandlari va OAV vakillari ishtirok etdi.

TOP-ART — 2025ning asosiy maqsadi – tasviriy va amaliy san’at, xalq hunarmandchiligi, dizayn, fotosan’ati hamda san’atshunoslik sohalarida milliy va jahon san’ati rivojiga hissa qo‘shgan, umumilliy va xalqaro ahamiyatga molik asarlar va loyihalarni yaratgan ijodkorlarni aniqlash va rag‘batlantirishdir. Tadbir milliy san’at an’analari hamda zamonaviy tasviriy va amaliy san’atni keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

2025-yil Badiiy ijodkorlar uyushmasi mustaqil tashkilot sifatida faoliyat boshlaganiga 5 yil to‘ldi. Shu qisqa davr mobaynida uyushma mamlakat tasviriy va amaliy san’atining barcha yo‘nalishlarida muhim o‘rin tutib, ijodkorlarni birlashtiruvchi va ularning huquq hamda manfaatlarini himoya qiluvchi asosiy tuzilma sifatida shakllandi.

Yil davomida uyushma respublika va xorijda 757 ta madaniy tadbirni amalga oshirdi, jumladan: ko‘rgazmalar, rangtasvir plenyerlari, haykaltaroshlik simpoziumlari, festivallar, ilmiy anjumanlar, ijodiy uchrashuvlar, mahorat darslari va kitob taqdimotlari.

Tadbir doirasida uyushma a’zolarining yuqori ijodiy yutuqlari, mehnati va milliy badiiy an’analarni keng targ‘ib qilgan hissasi uchun rag‘batlantirish va taqdirlash amalga oshirildi. Shuningdek, uyushma faoliyatini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib kelgan jurnalist va blogerlar ham taqdirlandi.

Tantanalik marosimni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Raisi, O‘zbekiston xalq rassomi, akademik Akmal Nuridinov ochib berdi. 2025-yil yakunlari bo‘yicha ishlar sarhisobi va tabrik nutqi esa O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Raisi, akademik Ibroxim Valixodjaev tomonidan taqdim etildi.

 

O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining yuqori mukofotlari – Oltin medal bilan taqdirlanganlar:

  1. Abduhakimov Aziz Abdukaharovich – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi (Ekologiya masalalari), Ekologiya va iqlim o‘zgarishi Milliy qo‘mitasi Raisi – milliy san’atni rivojlantirish yo‘lida beqiyos ko‘mak, shuningdek, O‘zbekistonda xalqaro haykaltaroshlik simpoziumlari va rangtasvir plenyerlarini tashkil etishda shaxsiy hissasi uchun taqdirlanadi.

  2. Elmurodov Matnazar Aralovich – O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish Milliy qo‘mitasi Raisi maslahatchisi – Badiiy ijodkorlar uyushmasi bilan hamkorlikdagi ijodiy loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirgani uchun taqdirlanadi.

  3. Rakhmonov Jur’at Sobirovich – rangtasvirchi rassom, “Do‘stlik” ordeni sohibi, Badiiy ijodkorlar uyushmasi Oltin medali sohibi.

  4. Gagloeva Rimma Ilinichna – rangtasvirchi rassom, “Do‘stlik” ordeni sohibi, Badiiy ijodkorlar uyushmasi Oltin medali sohibi.

  5. Li Tatyana Alexandrovna – grafik rassom, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi.

  6. Boboev Ahmad Baxtiyorovich – rangtasvirchi rassom, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Kumush medali sohibi.

  7. Borodina Marina Rostislavovna – haykaltarosh, akademik, “Do‘stlik” ordeni sohibi.

  8. Abibjon Ismoilov – rangtasvirchi rassom (Samarqand).

  9. Namozov Toshpulat Qurbonovich – grafik rassom, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Kumush medali laureati, Badiiy ijodkorlar uyushmasi Shahrisabz bo‘limi Raisi.

  10. Naimjon Qodirov – rangtasvirchi rassom (Navoiy).

  11. Ergashev Murtazo Xudoyberdievich – rangtasvirchi rassom, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, akademik, Badiiy ijodkorlar uyushmasi rangtasvir sho‘’basi Raisi.

  12. Allakuliev Akmal Boltaevich – Toshkent Xalqaro Kimyo universiteti Rektori.

  13. Maqsumova Farida Abdurazaqovna – san’atshunos, K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti o‘qituvchisi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi ekspert kengashi a’zosi.

  14. Murodov Mansurjon Nosirovich – ganch o‘ymakorligi ustasi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ustasi, akademik.

  15. Rakhmatillaev Sirojiddin Rixsitillaevich – yog‘och o‘ymakorligi ustasi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ustasi, akademik.

  16. Azamat Sattarov – teatr rassomi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Shuhrat” medali sohibi.

  17. Xojimetov Behzod Bahodirovich – miniatyurchi rassom, K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti professori.

  18. Sodiqov Husanbori Mirganievich – grafik-illustrator, “Oltin qalam” milliy mukofoti laureati.

  19. Tyurin Aleksandr Ivanovich – rangtasvirchi rassom.

  20. Ahmedova Nigora Rakhimovna – san’atshunoslik fanlari doktori, akademik, K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti professori.

  21. Mamajonov Abduvosit Mahmudjonovich – kulolchilik ustasi, O‘zbekiston Xalq ustasi.

  22. Rakhmatullaev Anvar Abrarovich – haykaltarosh, O‘zbekiston Xalq rassomi, Davlat mukofoti laureati, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi.

  23. Roziev Orziqul Ibrohimovich – Badiiy ko‘rgazmalar direktsiyasi Direktori, rangtasvirchi rassom.

  24. Orinov Ahmadjon – teatr rassomi.

  25. Rakhmetov Sobirjan G‘ofurovich – O‘zbekiston Xalq rassomi, akademik, professor.

  26. Shaymardanov Tursunqul Mengqobilovich – grafik rassom, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Kumush medali sohibi.

  27. Jalolov Bahodir Fazletdinovich – O‘zbekiston Xalq rassomi, san’at arbobi, akademik, Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti laureati.

  28. Xudoyberganov Madamin – rangtasvirchi rassom, Kumush medali sohibi.

  29. Nazirov Alisher Nosirovich – kulol, Oltin medali sohibi.

  30. Allabergenov Sardor Otaxonovich – rangtasvirchi rassom.

  31. O‘rozov Shohrux Abdullaevich – haykaltarosh.

  32. Abdumalikov Shuhrat Ravshanovich – teatr va kino rassomi, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, professor.

  33. Binafsha Nodir“San’at” jurnalining bosh muharriri, san’atshunoslik bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

  34. Xojambergenov Ahmed Esengeldievich – san’atshunos, Badiiy ijodkorlar uyushmasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi bosh mutaxassisi.

  35. Hakimov Umidjon Bahodirovich – P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik maktabi Direktori.

  36. Sodiqova Elnura Rozmatovna – Qo‘qon ixtisoslashtirilgan san’at maktabi Direktori.

  37. Qo‘chkorova Gulfinsa Normurotovna – Samarqand san’at maktabi Direktori.

  38.  Bekchanov Quronboy Ya’qubboboevich – Xorazm ixtisoslashtirilgan san’at maktabi Direktori.

 

Fahriylar nominatsiyasi 

Ko‘p yillik samarali mehnati bilan milliy san’atimiz xazinasini boyitib kelayotgan:

  1. Rakhimov Abdurashid Muminovich – chitgar, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ustasi.

  2. Tokhirov Umarjon Gulyamovich – ganchkor usta.

  3. Zakirov Rakhmatilla Khusanovich – sozgar usta.

  4. Khamzaev Fakhriddin Kutfutdinovich – ganchkor usta.

  5. Madaliev Maasudjon Mahmudovich – kandakor usta.

  6. Dadamukhamedov Fasikhitdin G‘ulomovich – zargar, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ustasi.

  7. Mukhtorov Asrol – ganchkor usta.

  8. Sultonov Abdurahmon Vakhobovich – ganchkor usta.

  9. Mirzaakhmedov Khasan Abdullaevich – naqshqor usta.

  10. Muratov Khabibiddin Tajitdinovich – ganchkor usta.

 

“Eng faol madaniyat targ‘ibotchisi” nominatsiyasi

Ushbu insonlar o‘z ijodi, qalami va mehnati bilan milliy madaniyatimizni keng targ‘ib etishga beqiyos hissa qo‘shib kelmoqdalar.

  1. Boris Babaev“Kultura.uz” sayti muharriri.

  2. Mukarram Yunusova“O‘zbekiston” telekanali muxbiri.

  3. Nazokat Usmonova“O‘zbekiston Milliy axborot agentligi” muxbiri.

  4. Dildora Do‘stmurodova“Madaniyat va ma’rifat” telekanali muxbiri.

  5. Guli Safaeva“Dunyo bo‘ylab” telekanali muxbiri.

  6. Shokirjon Siddiqov“O‘zbekiston” radiokanali muxbiri.

  7. Umar Kurbanov – blogger va muxbir.

  8. Igor Ten – fotorreportyor va muxbir.

“Eng faol ijodkor” nominatsiyasi

“Eng faol ijodkor” nominatsiyasi yil davomida o‘z ijodi bilan tiniq bilmay mehnat qilgan, izlanishda bo‘lgan va yangi g‘oyalarni hayotga tatbiq etgan insonlarga beriladi.

  1. Otabek Shokirov – rangtasvirchi rassom, Farg‘ona shahridan.

  2. Sobirjon Sobirov – rangtasvirchi rassom, Xorazm viloyati.

  3. Bahodir Mamajanov – rangtasvirchi rassom, Guliston shahri.

  4. Anvar Gulov – badiiy kulol, Buxoro shahri.

  5. Mirzayunus Umarov – yog‘och o‘ymakori, Qo‘qon shahri.

  6. Ahat Dadaboev – grafik va rangtasvirchi rassom, Namangan shahri.

  7. Timur Sulaymanov – rangtasvirchi rassom, Nukus shahri.

  8. Xasan Teshabaev – rangtasvirchi rassom, Andijon shahri.

  9. Nabi Pirnazarov – rangtasvirchi rassom, Qashqadaryo viloyati.

  10. Ramiz Xodjaev – rangtasvirchi rassom, Samarqand shahri.

  11. Ulug‘bek Muxamatov – rangtasvirchi rassom, Navoiy shahri.

  12. Erkin Aralov – rangtasvirchi rassom, Toshkent shahri.

  13. Ulug‘bek Rajabov – rangtasvirchi rassom, Toshkent shahri.

  14. Sarvar Yuldashev – rangtasvirchi rassom, Toshkent shahri.

  15. Abdunosir Malikov – ganchkor ustasi, Toshkent shahri.

  16. Mirvohid Mirsaidov – rangtasvirchi rassom, Toshkent shahri.

  17. Sherzod Arifboev – miniaturachi rassom, Toshkent shahri.

  18. Muhammadali Kayumov – rangtasvirchi rassom, Toshkent shahri.

TOP-ART — 2025: Nominatsiyalar va g‘oliblar

TOP-ART — 2025 tadbiri doirasida bir qator maxsus nominatsiyalar e’lon qilindi va yil davomida faoliyat ko‘rsatgan san’atkorlar, ijodkorlar va mutaxassislar taqdirlandi.

  1. “Yil rassomi” nominasiyasi g‘olibi – rangtasvirchi rassom, O‘zbekiston xalq rassomi Ziyahanov Hursid.

  2. “Yil haykaltaroshi” nominasiyasi g‘olibi – haykaltarosh Uraqov Ulash.

  3. “Yilning Xalqaro loyihalardagi faol ishtirokchisi” nominasiyasi g‘olibi – haykaltarosh Abdugaffor Isonaliev.

  4. “Xalqaro tadbirlar faol kuratori” nominasiyasi g‘olibi – san’atshu nos Djuraeva Nasima.

  5. “Yilning eng yaxshi ko‘rgazma kuratori” nominasiyasi g‘olibi – Munis Mirpulatova.

  6. “Yil plenyerlarning faol ishtirokchisi” nominasiyasi g‘olibi – rangtasvirchi rassom Anvar Bobokulov.

  7. “Yilning faol ko‘chma ko‘rgazma ishtirokchisi” nominasiyasi g‘olibi – fotorasom Zafar Ro‘ziqulov.

  8. “Yilning eng kreativ yosh rassomi” nominasiyasi g‘olibi – rangtasvirchi rassom Muhammadali Kayumov.

  9. “Yilning faol fotorasomi” nominasiyasi g‘olibi – fotorasom Dehqonov Sultonboy Barkashevich.

  10. “Yilning faol amaliy san’at ustasi” nominasiyasi g‘olibi – naqqosh Hikmatulla Fayzullaev.

  11. “Yilning eng faol viloyat bo‘limi” nominasiyasi g‘olibi – Andijon bo‘limi, raisi Rasul Ismanov boshchiligida.

  12. “Yilning noan’anaviy ko‘rgazmasi” nominasiyasi g‘olibi – rangtasvirchi rassom Sardor Nugmanov.

  13. “Yilning eng yaxshi ijtimoiy (vatanparvarlik) mavzusidagi asari” nominasiyasi g‘olibi – rangtasvirchi rassom Xasan Egamberdiev.

  14. “Yilning eng yaxshi mahorat darsi” nominasiyasi g‘olibi – rangtasvirchi rassom Qo‘chqorboy Akbarov.

Barcha taqdirlanganlarni samimiy muborakbod etamiz va yurtimiz san’ati rivojiga qo‘shayotgan ulkan hissasi uchun minnatdorchilik bildiramiz.