2026-yil 4-mart kuni Toshkent fotosuratlar uyida Natalya Ilyinaning “Men otkritka emasman” nomli shaxsiy fotoko‘rgazmasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu ko‘rgazma ayolning o‘zligini jiloli qoliplar va odatiy go‘zallik tushunchalaridan tashqari o‘rganishga bag‘ishlangan.
Mazkur loyihada haqiqiy ayollar portretlari jamlangan: diqqat markazida dekorativ obrazlar emas, balki jonli his-tuyg‘u, fe’l-atvor, kuch va noziklik turadi. Har bir qahramon o‘z hikoyasi, ichki dunyosi va turli bo‘lish huquqiga ega mustaqil shaxs sifatida tasvirlangan.
Ko‘rgazma nomi uning asosiy g‘oyasini aks ettiradi: ayol — otkritka yoki estetik iste’mol obyekti emas, balki o‘z ovozi va o‘rni bilan to‘laqonli subyekt.
Rassom e’tiborni ataylab yuzaki “chiroylilik”dan haqiqiylikka yo‘naltirib, tomoshabin bilan samimiy va ochiq muloqot uchun maydon yaratadi.
Shuningdek, loyiha ayol qiyofasiga bo‘lgan talablar qanday shakllanishi va tashqi jozibadorlik ortida muhim ijtimoiy va madaniy savollarni ko‘tarmoqda.