Toshkent Kimyo xalqaro universiteti hamda Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi (RIDM) hamkorligida “Kelajak shaharsozlari” nomli ko‘rgazma tashkil etildi.
Ushbu ko‘rgazmada zamonaviy shaharsozlik, estetik dizayn va innovatsion muhandislik yechimlariga oid loyihalar taqdim etildi. Tadbir soha mutaxassislari va yosh tadqiqotchilarni bir nuqtaga jamladi.
Ko‘rgazma doirasida taqdim etilgan loyihalarda quyidagi yo‘nalishlar aks etdi:
Shaharsozlik standartlarini takomillashtirishga qaratilgan yangi avlod maketlari
Interyer dizayni sohasidagi kelajakka yo‘naltirilgan estetik va funksional g‘oyalar
Yosh mutaxassislarning landshaft dizayni va urbanizatsiya muammolariga bag‘ishlangan izlanishlari
“Kelajak shaharsozlari” ko‘rgazmasi nafaqat yutuqlarni sarhisob qilish, balki soha vakillari o‘rtasida professional tajriba almashish uchun muhim maydon vazifasini o‘tamoqda. Taqdim etilgan loyihalar zamonaviy shaharsozlikning istiqbolli qiyofasini belgilashda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega ekanligi e’tirof etildi.
Ko‘rgazmada faol ishtirok etgan RIDM soha mutaxassislari va yosh tadqiqotchilari tashkilotchilar tomonidan diplom bilan taqdirlandi.