close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Xabar berganimizdek, ayni kunlarda Toshkent metallurgiya zavodida V Xalqaro haykaltaroshlik simpoziumi bo‘lib o‘tmoqda.

✅ Mazkur nufuzli ijodiy loyiha O‘zbekiston haykaltaroshlik san’atini xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish, turli mamlakatlar ijodkorlari o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash hamda san’at orqali ekologik madaniyatni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

🧔 Bugun O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur mazkur xalqaro loyiha jarayoni bilan yaqindan tanishish maqsadida simpoziumga tashrif buyurdi.

Dastlab simpozium kuratori, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi raisi Ibroxim Valixo‘jayev tomonidan olib borilayotgan faoliyat to‘g‘risida muxtasar ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng rais haykaltaroshlar bilan muloqot qildi, ularning toshdagi badiiy g‘oyalari bilan qiziqdi hamda ijodiy jarayonni kuzatdi.

🌍 Simpoziumda O‘zbekiston, Italiya, Fransiya, Turkiya, Xitoy Xalq Respublikasi va Gruziyadan jami 18 nafar taniqli haykaltarosh ishtirok etmoqda.