close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun 7-aprel kuni Toshkent Fotosuratlar uyida Qirg‘iziston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat arbobi, “Dank” ordeni sohibi Talgat Mirrahimovning “Osiyo” nomli shaxsiy ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu ekspozitsiya muallifning ko‘p yillik ijodiy yo‘lini aks ettiruvchi 123 ta rangtasvir va grafika asarlarini taqdim etib, rassomning O‘zbekistondagi eng yirik ko‘rgazmasiga aylandi.

Talgat Mirrahimov ijodimilliy an’analar va zamonaviy badiiy tilning o‘ziga xos uyg‘unligi. Rassomning ijodiy ishlari uning Markaziy Osiyo tabiati va madaniyati bilan teran falsafiy bog‘liqligini namoyon etadi.

Tantanali marosimda Qirg‘iziston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda O‘zbekiston Rassomlar uyushmasi rahbariyati, shuningdek, qirg‘iz va uyg‘ur madaniyat markazlari vakillari ishtirok etdilar.

 Ko‘rgazmaning ahamiyatini yanada oshirgan kechaning muhim voqeasi — ikki davlat rassomlar uyushmalari o‘rtasida 2026–2031-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik memorandumi imzolanishi bo‘ldi. Bevosita ekspozitsiya zallarida imzolangan ushbu kelishuv madaniy almashinuvning yangi bosqichini boshlab beradi: u Farg‘ona vodiysidagi qo‘shma plenerlar, Toshkent va Bishkek shaharlarida muntazam ko‘rgazma loyihalarini o‘tkazishni nazarda tutadi.

Tantanali muhitni o‘zbek, qirg‘iz va uyg‘ur jamoalari ishtirokidagi konsert dasturi yanada boyitdi.

Mazkur retrospektiv ko‘rgazma joriy yilning 17-apreligacha davom etadi.